locale OZ

O‘zbekiston jamoasi Jahon chempionatida peshqadamlar qatorida

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Buyuk Britaniyaning London shahrida rapid va blitz yo‘nalishlaridagi jamoaviy Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. 55 jamoa ishtirok etayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi yuqori darajada ishtirok etib, peshqadamlar safiga qo‘shildi.

Yurtimiz sharafini dunyoga tanilgan grossmeysterlar — Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov kabi mahoratli shaxmatchilar himoya qilmoqda.

Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 500 000 yevroni tashkil etmoqda. Uning 310 000 yevrosi rapid, qolgan 190 000 yevrosi esa blitz yo‘nalishi uchun ajratilgan.

Musobaqaning ilk kunida 4 ta tur o‘tkazilgan bo‘lsa, ikkinchi kungi bahslarda ham terma jamoamiz munosib ishtirok etdi va ochkolar jamg‘arishda davom etdi. Hozirda yurtimiz vakillari turnir jadvalida peshqadamlar safida qayd etilmoqda. Keyingi turlar va natijalar haqidagi yangiliklarni kuzatib boring.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting