locale OZ

O’zbekiston ilk bor trek boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Maxsus sertifikat O'zbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi Xurshid Atakulovga topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O’zbekiston ilk bor trek boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Фото: Спорт вазирлиги

ACC boshqaruv kengashi yig’ilishi qaroriga ko’ra, 2028-yilda oʻtkaziladigan trek bo’yicha Osiyo chempionati mezbonligi O’zbekistonga ishonib topshirildi.

Yig’ilishda O’zbekiston qit’a chempionati kabi yirik tunirlarni o’zida bemalol qabul qila olishi, buning uchun kerakli infratuzilma va barcha sharoitlar borligi ta’kidlandi. Musobaqani o'tkaizsh uchun maxsus sertifikat O'zbekiston velosport federatsiyasi bosh kotibi Xurshid Atakulovga topshirildi.

Olimpiya o’yinlariga litsenzion reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur nufuzli turnir Toshketnda yangi bunyod etilgan Olimpiya shaharchasi hududidagi velodromda bo’lib o’tishi reja qilingan. Bu orqali, mamlakatimiz dunyo sport xaritasidagi o’rnini yanada mustahkamlab, o’z imijini shakillantirib boradi.

Xorijlik mehmonlar va muxlislar oqimi esa O’zbekistonga bo’lgan qiziqishni yanada ortishiga xizmat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting