locale OZ

O‘zbekiston – I Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori

Temirmalik Tursunov esa 9 ta gol bilan musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston – I Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori
Фото: Спорт вазирлиги

Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida 26-iyun – 5-iyul kunlari karlar jamoalari o‘rtasida futzal bo‘yicha qit`a chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni egallab, I Osiyo chempionatining bronza medallari sohibiga aylandi.

Aziz Mamatov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqa davomida yorqin o‘yin namoyish etib, qator e’tirofga loyiq natijalarni qayd etdi:

Musobaqaning eng sermahsul jamoasi — 46 ta gol;
To‘plar farqi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich — +28;
Artur Umurov 17 ta gol bilan chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylanib, «Oltin butsa» sovrinini qo‘lga kiritdi;
Temirmalik Tursunov esa 9 ta gol bilan musobaqaning ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting