O‘zbekiston – Hexamind: keskin bahs durang bilan yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Londonda o‘tkazilayotgan jamoaviy rapid yo‘nalishidagi Jahon chempionatida 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Terma jamoamiz amerikalik taniqli grossmeyster Levon Aronyan boshchiligidagi Hexamind jamoasiga qarshi bellashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etdi.
Nodirbek Abdusattorov Levon Aronyanni, Javohir Sindarov esa amaldagi jahon chempioni Volodar Murzinni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo qizlarimiz ishtirokidagi partiyalardagi mag‘lubiyatlar tufayli jamoaviy g‘alaba qo‘lga kiritilmadi.
Bakradze Iman
Redaktor