locale OZ

O‘zbekiston gimnastikachilari Jahon chellenj kubogini 9 ta medal bilan yakunlashdi

Toshkentdagi musobaqada terma jamoamiz 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi — final bahslarining ikkinchi kuni ham o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli tarzda yakun topdi.

23 iyun kuni bellashuvlarda ham yurtdoshlarimiz umumiy hisobga 2 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘shishdi.

Oltin medallar:
• Ahrorkhon Temirkhonov — parallel brus
• Abdulaziz Mirvaliyev — tayanib sakrash

Kumush medal:
• Odinakhon Robijonova — to‘sin

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 9 ta medalga — 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronzaga ega chiqdi. Bu natija gimnastikachilarimiz jahon miqyosidagi musobaqalarda tobora yuqori natijalar ko‘rsatayotganini yana bir bor isbotladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting