O‘zbekiston gandbolchilari Fransiyadagi musobaqada chempion bo‘lishdi
Parij shahrida bo‘lib o‘tgan “Paris World Games” xalqaro turnirida O‘zbekiston U18 ayollar gandbol terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 12 iyul kuni jamoamiz finalda Fransiyaning Dole-Choussin jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Per de Kuberten nomidagi stadionda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi bellashuvda yurtdoshlarimiz 2008–2009 yillarda tug‘ilgan sportchilar bilan shakllangan tarkibda raqibni 29:11 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Turnir davomida terma jamoamiz quyidagi natijalarni qayd etdi:
• Braziliya termasi — 32:14
• Fransiyaning Dole-Choussin jamoasi (guruh bosqichi) — 22:8
• Volenceiennes Handball — 24:17
• Pays De Lesneven Handball — 18:9
Shu tariqa, U18 qizlarimiz barcha o‘yinlarda zafar quchib, musobaqa chempionligiga sazovor bo‘lishdi.