locale OZ

O‘zbekiston futzalchilari Falastinga qarshi o‘yin oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Osiyo kubogi saralashidagi ilk bahs ertaga bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzalchilari Falastinga qarshi o‘yin oldi mashg‘ulotlarini o‘tkazdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi F guruhi bahslarida ishtirok etish uchun Bishkekda bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Mashg‘ulot saralash uchrashuvlari o‘tkaziladigan Qirg‘iziston futbol uyushmasiga qarashli Futbol akademiyasi sport majmuasida tashkil etildi.

Murabbiylar shtabi futzalchilarimiz bilan bugungi mashg‘ulotda bo‘lajak raqibning o‘yin uslubidan kelib chiqqan holda zarur taktika kombinatsiyalari ustida ishlashdi. Shu o‘rinda, futzalchilarimizning kayfiyati a’lo, jangovar ekanligini alohida ta’kidlash joiz.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Eliboyev shogirdlari saralash musobaqasidagi ilk uchrashuvni ertaga – 20-sentyabr sanasida, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Falastin jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Foto: O‘zbekiston futzali
Foto: O‘zbekiston futzali
Foto: O‘zbekiston futzali
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting