locale OZ

Oʻzbekiston futzal terma jamoasi yigʻinni boshladi

Mashgʻulotlar “Yunusobod” sport majmuasida olib boriladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston futzal terma jamoasi yigʻinni boshladi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari mamlakat milliy chempionatining 3-tur bahslari 13-oktyabrda yakuniga yetishi bilan Toshkentda 18-oktyabrga qadar navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishadi.

Mashgʻulotlar “Yunusobod” sport majmuasida olib boriladi.

Yigʻin davomida jahon futzalida oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotgan Qozogʻiston terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan.
Murabbiylar shtabi bu galgi yigʻinga BMB PFC aʼzolaridan toʻrt nafarini jalb etgan:

Himoyachilar – Mashrab Odilov ("BMB PFC"), Shakhzod Saʼdiev ("BMB PFC").

Qanot oʻyinchisi – Muhammadali Khusanboev ("BMB PFC").

Hujumchi – Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC"),

Abbos Elmurodov, Abbosbek Olmasbekov, Husniddin Nishonov hamda Davlat Ibragimovlar jarohatidan toʻliqligicha forigʻ boʻlmaganligi bois bu galgi yigʻinni oʻtkazib yuborishadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting