O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Osiyo Kubogida Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi
Futzalchilar “C” guruhida 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogidagi guruh bosqichidagi 3-uchrashuvini o‘tkazdi.
Nodir Eliboyev shogirdlari mazkur bahsda Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvda hisobni dastlab Shahram Faxriddinov ochgan bo‘lsa, shundan so‘ng quyosh chiqadigan yurtdoshlar ikki bor javob golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Yakunida O‘zbekiston terma jamoasi 1:2 hisobida Yaponiyaga mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa, Nodir Eliboyev shogirdlari Osiyo kubogining “C” guruhida 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist