locale OZ

O‘zbekiston futzal jamoasi Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal jamoasi Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi
O‘zbekiston futzal jamoasi Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Osiyo Kubogi saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Tayyorgarlik doirasida Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoa Tojikiston terma jamoasiga qarshi ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida o‘tkazadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. 13 aprel kuni bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi raqibni 8:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu ikki jamoa 2024 yil Tailandda o‘tgan Osiyo Kubogi doirasida ham uchrashgan. O‘shanda uchinchi o‘rin uchun bahs asosiy vaqtda 5:5 hisobida yakunlangan va penalti seriyasida O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting