locale OZ

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti “Milan” klubi rahbarlari bilan uchrashdi

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti “Milan” klubi rahbarlari bilan uchrashdi
Фото: Ўзбекистон футзали

2025-yil 22-oktyabr kuni Italiya, Milan shahrida O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov hamda mashhur “Milan” futbol klubi rahbarlari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvda “Milan” klubi vitse-prezidenti – Boshqaruv direktori Mauro Taolo, shuningdek, klubning doimiy elchilari — 2006-yilda jahon chempioni bo‘lgan Kristian Zakkardo va braziliyalik afsonaviy futbolchi Serjino ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar futbol va uning ajralmas qismi bo‘lgan futzal yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ikki mamlakat va millat mutaxassislari uchun foydali kurslar tashkil etish, shuningdek, turli o‘quv-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Mauro Taolo bilan suhbat chog‘ida “Milan” klubi orqali Italiya futzalining ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonga olib kirish, ikki mamlakat futzal federatsiyalari hamkorligini o‘rnatish va rivojlantirish, kelgusida hamkorlik qilish masalalari istiqbolli yo‘nalishda muhokama qilindi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, 2022-yilda Italiya futboli afsonalari hamda 2025-yilda Jahon futboli yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishgandi. Har ikki tadbir ishtirokchilari bo‘lgan italiyalik mezbonlar O‘zbek zamini haqidagi katta taassurotlarini mamnuniyat bilan qayd etishdi. Kelajakda shunday tadbirlarni doimiy yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

Tashrif yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashishdi. Bekzod Mamatqulov uchrashuvdan so‘ng xizmat safari bilan Fransiya poytaxti Parij shahriga jo‘nab ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting