locale OZ

O‘zbekiston finalda! Bekzod Kurbanov — kuchli TOP-10 safida va medallar uchun kurashni davom ettiradi

3-oktabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha individual bahslarning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston finalda! Bekzod Kurbanov — kuchli TOP-10 safida va medallar uchun kurashni davom ettiradi
photo: gettyimages

O‘zbekiston finalda! Bekzod Kurbanov — kuchli TOP-10 safida va medallar uchun kurashni davom ettiradi.

3-oktabr kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlari doirasida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha individual bahslarning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kurbanov Bekzod o‘zining Matts VG laqabli oti bilan balandligi 155 sm gacha bo‘lgan to‘siqlardan iborat murakkab yo’nalishni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.

Ushbu natija orqali Bekzod Kurbanov o‘z toifasida kuchli TOP-10 sportchilar qatoridan joy olib, final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Musobaqada jami 20 ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda. Endilikda Bekzod Kurbanov va Matts VG juftligi final bosqichida O‘zbekiston sharafini himoya qilib, medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting