O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi XX Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun musobaqa manziliga yo‘l oldi.
Osiyo qit’asining eng yirik sport musobaqalaridan biri bo‘lgan ushbu o‘yinlarda regbi-7 o‘yinlari 1–3-oktabr kunlari Nagoya shahridagi “Nagoya City Mizuho Park Rugby Field” stadionida o‘tkaziladi.
Erkaklar o‘rtasidagi o‘yinlarda jami 12 ta terma jamoa ishtirok etadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan joy oldi.
O‘zbekiston
Gonkong, Xitoy
Xitoy
Malayziya
Musobaqaning dastlabki kuni — 1-oktabrda guruh bosqichi uchrashuvlari, 2-oktabrda pley-off bahslari, 3-oktabrda esa yakuniy uchrashuvlar, jumladan, medallar uchun bahslar o‘tkaziladi.
O‘yinlar taqvimi tez orada e’lon qilinadi.
O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz! Olg‘a, O‘zbekiston!