O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi yakkalik bahslarni medalsiz yakunladi


Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi yakka bellashuvlar yakuniga yetdi. Bugungi kun dasturida og‘ir vazn toifasidagi (ayollar +78 kg, erkaklar +100 kg) bahslar o‘tkazildi.
O‘zbekiston terma jamoasidan so‘nggi umid sifatida tatamiga chiqqan Irishon Quronboeva, Muzaffarbek Turoboev va Alisher Yusupov bu gal ham medallar uchun kurashni davom ettira olishmadi.
Quronboeva birinchi davrani muvaffaqiyatli boshlagan bo‘lsa-da, ikkinchi bosqichda yaponiyalik raqibasidan yutqazdi. Olimpiada sovrindori Muzaffarbek Turoboev IJF bayrog‘i ostida kurashayotgan rossiyalik Inal Tasoevga mag‘lub bo‘ldi. Alisher Yusupov esa taniqli chexiyalik dzyudochi, ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Lukash Krpalek bilan dramatik bahsda yutqazdi — ikki yuko bilan oldinda borayotgan dzyudochimiz qarshi hujum paytida mag‘lubiyatni qabul qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yildan buyon ilk bor jahon chempionatini medalsiz yakunladi. Aytish kerakki, bu yil jamoada murabbiylar shtabi yangilandi, sportchilarning ko‘pchiligi uchun esa bu debyut chempionat bo‘ldi.
Barcha umidlar endi bugunga bo‘lib o‘tadigan aralash jamoaviy bahslarga bog‘langan. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani Turkmanistonga qarshi duelli bilan boshlaydi.

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57