O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatining aralash jamoaviy dasturini uchinchi o‘rinda yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yaqinlashmoqda.
Musobaqaning so‘nggi kuni doirasida o‘tkazilgan aralash jamoaviy dasturda O‘zbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtlarimiz saralash bosqichida Germaniya va Gruziya terma jamoalarini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda esa Rossiya jamoasiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali uchun Mongoliyaga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston dzyudochilari jahon chempionatining aralash jamoaviy dasturini uchinchi o‘rinda yakunladi.