O‘zbekiston dzyudo jamoasi Ulan-Batorga jo‘nab ketdi
25–27 iyul kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahri nufuzli “Katta Dubulğa” (Grand Slam) turniriga mezbonlik qiladi. 154 000 yevrolik mukofot jamg‘armasiga ega ushbu musobaqada 5 qit’adan 29 davlatni namoyon etuvchi 247 (148 erkak va 99 ayol) dzyudochi g‘alaba va jahon reytingi uchun muhim ochkolar yo‘lida bellashadi.
O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur musobaqada ishtirok etish uchun Mo‘g‘ulistonga yo‘l oldi. Sportchilarimiz ushbu turnir orqali xalqaro tajriba oshirish va reytingda yuqorilashni maqsad qilgan.
Ayollar terma jamoasi tarkibi:
• -48 kg: Ulbusin Hakimova
• -52 kg: Fotimaxon Tursunboeva
• -52 kg: Muhayyo Ahmadova
• -57 kg: Nilufar Yermaganbetova
• -63 kg: Nodira Yo‘ldosheva
• -70 kg: Farangiz Hojieva
Erkaklar tarkibi:
• -60 kg: Doston Ro‘ziev
• -60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
• -66 kg: Abdurahim Nutfullayev
• -66 kg: Artyom Shturbabin
• -73 kg: Hojiakbar Toshev
• -73 kg: Mardon Ravshanov
• -81 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
• -81 kg: Amirbek Aminov
• -90 kg: Umar Bozorov
• +100 kg: O‘tkirbek To‘raboev
O‘z dzyudochilarimizga omad tilaymiz va yuqori natijalarni kutib qolamiz!