locale OZ

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi

Unda federatsiya mutasaddilari, barcha yosh toifasidagi terma jamoa jamoalarimiz murabbiylari ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida 2024 yil hamda 2025 yilning ortda qolgan to‘qqiz oyi yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda federatsiya mutasaddilari, barcha yosh toifasidagi terma jamoa jamoalarimiz murabbiylari ishtirok etdi. Federatsiyaning viloyatlardagi ijrochi direktorlari va mas’ullari ZOOM platformasi orqali tadbirni kuzatib borishdi. Dastlab O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi bosh kotibi Aziz Sobirov 2024 yil yakunlari va 2025 yilning ortda qolgan davri bo‘yicha o‘z hisobotini taqdim etdi.

Federatsiya bosh kotibi xalqaro yo‘nalishda konfederatsiya va federatsiyalar bilan memorandumlar imzolangani, yurtimizda bir necha davlat terma jamoalarining qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani, poytaxtimiz mezbonligida nufuzli IJF musobaqalari va tadbirlarini tashkil etilayotgani, xorijiy murabbiylarning terma jamoalarimizda faoliyat yuritayotgani, klublar dzyudosi yo‘lga qo‘yilgani kabi bir qator yo‘nalishlarda aytishga arzigulik yutuqlar qo‘lga kiritilgani urg‘uladi.

Shundan so‘ng tashkiliy masalaga o‘tildi. Shu kungacha O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi maslahatchisi sifatida faoliyat yuritib Kseniya Gulyamova rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Delegatlar bir ovozdan taqdim etilgan nomzodga ovoz berishdi. Gulyamova yurtimiz yakkakurash sport turlarida rais o‘rinbosari lavozimida ishlagan birinchi ayol mutasaddi rahbar bo‘ladi.

Yig‘ilish so‘nggida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov so‘z olib, oldinda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p ekani, buni birgalikda bir jamoa bo‘lib bajarish lozimligini, barcha yo‘nalishlarda reja bo‘yicha islohotlarni davom ettirish zarurligini aytdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting