locale OZ

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Yaponiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi delegatsiyasi Yaponiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Yaponiya bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi delegatsiyasi Yaponiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Kokushikan universiteti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekistonda dzyudoni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajriba almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi hududiy federatsiyalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Yuldashev va Surxondaryo viloyati dzyudo federatsiyasi raisi To‘lqin Valiyev ishtirok etdi.

Kokushikan universiteti tomonidan muzokaralarda Jismoniy tarbiya fakulteti dekani, professor, erkaklar va ayollar dzyudo klublari direktori Xitosi Furuta, Jismoniy tarbiya fakulteti dots.nti Yasutaka Narita hamda universitet Xalqaro markazi Xalqaro aloqalar bo‘limi vakili Riko Mukay qatnashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, murabbiylar va sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining hududiy bo‘linmalarida ishlash uchun yaponiyalik mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Kelishuvlarning amalga oshirilishi dzyudo sohasida O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligini mustahkamlashda navbatdagi qadam bo‘ladi hamda mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish va milliy dzyudo maktabini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting