O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limining hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Sport vaziri o‘rinbosari - hududiy federatsiya raisi Avaz Karimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rais o‘rinbosari Zafar Qahramonov, Toshkent shahar sport boshqarmasi rahbariyati, xodimlari, sport-ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda trenerlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahri bo‘yicha 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, bu yil shug‘ullanuvchilar sonini oshirish, natijalarni yaxshilash, terma jamoalar tarkibiga munosib nomzodlar zaxirasini shakllantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Tadbir kun tartibida Federatsiyaning Toshkent shahar bo‘limi ijrochi direktori lavozimiga Jamshid Bekmurodov nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.