locale OZ

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlandi

Yosh dzyudochilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbiriga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlandi
photo: Judo Uzbekistan

Poytaxtimizdagi 17-umumta’lim maktabi hududida joylashgan Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova dzyudo zalida Xalqaro dzyudo kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mas’ullari, murabbiylar, dzyudochilar, ularning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

"Tinchlik" shiori ostida o‘tkazilgan bu yilgi tadbir doirasida daraxt ham ekildi. Diyora Keldiyorova, Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Muzaffarbek To‘raboyev singari Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari kelajak avlod uchun yerga nihol qadashdi. Ko‘chat yoniga uning muallifi ham yozib qo‘yildi.

Yosh dzyudochilarning ko‘rgazmali chiqishlari tadbiriga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. An’anaga ko‘ra bayram torti mehmonlarga ulashildi. Diyora Keldiyorova yosh dzyudochilar bilan birga suratga tushdi, ularning quvonchiga sherik bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting