O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Olimpiada-2028 uchun strategik yo‘nalishni belgilab oldi
2028 yil Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga ikki yildan sal ko‘proq vaqt qoldi va tabiiyki, O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi uchun to‘rt yillikning asosiy startiga tayyorgarlikning eng mas’uliyatli bosqichi boshlanmoqda.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rahbariyati murabbiylar shtabi va terma jamoa oldiga Olimpiya o‘yinlari saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish, reyting ochkolarini samarali to‘plash va yirik xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etishga qaratilgan aniq vazifalarni qo‘ydi.
Ishchi yig‘ilish davomida Federatsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, bo‘lajak Olimpiya sikliga tayyorgarlikning strategik rejalari va ustuvor maqsadlari muhokama qilindi. Har bir start, har bir g‘alaba va har bir reyting ochkosi bugunoq Olimpiada-2028 yo‘lida alohida ahamiyatga ega.