locale OZ

O‘zbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2-o‘rinni egallab turibdi!

O'zbeklar 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2-o‘rinni egallab turibdi!
photo: MOQ

Bahraynda o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlari yuqori notada davom etmoqda. Musobaqalarda 45 ta davlatdan jami 4,074 nafar yosh sportchi ishtirok etmoqda. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etib, hozircha umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonlik yosh sportchilar jami 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Medallar quyidagi sport turlarida qo‘lga kiritildi:

• 🤼 Kurash — 4 ta oltin medal
• 🏃 Yengil atletika — 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medal
• 🥊 Aralash jang san’ati (MMA) — 2 ta bronza medal
• 🥋 Penchak silat — 1 ta oltin, 1 ta bronza medal

Eslatib o‘tamiz , og‘ir atletika bahslari 26–30-oktabr sanalarida bo‘lib o‘tadi va unda 12 nafar yosh polvonimiz sovrinli o‘rinlar uchun supachaga chiqadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting