locale OZ

O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyada dopingga qarshi kurash sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Mutasaddilar Germaniyaning yetakchi agentliklari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiya — Bosh prokuratura va Sport vazirligi vakillari bilan birga — Germaniyada xizmat safarida bo‘lib turibdi. Safar doirasida delegatsiya dopingga qarshi kurash sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirish, tergov ishlarini tashkil qilish va sportchilardan namuna olish jarayonini yaxshilash borasida Germaniya tajribasini o‘rganmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya Germaniya antidoping agentligi rahbari Lars Mortsfayfer hamda Kyoln Bio kimyo instituti (antidoping laboratoriyasi) direktori Mario Tevis bilan uchrashdi.

Muzokaralarda doping qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, sportchilarning biologik pasportlarini yuritish, qoidabuzarlik holatlarini aniqlash tizimini joriy etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun amaliyotlar tashkil etish, ularning malakasini oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, sportchilarning biologik pasportlarini to‘ldirish va tahlil etish maqsadida Kyolnda qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazish hamda farmakologiya sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Germaniya antidoping agentligi va Kyoln Bio kimyo instituti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash, shuningdek, test natijalarini tahlil qilish bo‘yicha shartnomalar tuzishga kelishildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting