locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga iqtidorli sportchilarni qabul jarayonlari davom etmoqda

Boshqa sport turlari 13 iyn 2025 da 14:20
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
O‘zbekiston davlat sport akademiyasiga iqtidorli sportchilarni qabul jarayonlari davom etmoqda
PHOTO: Telegram

Qabul jarayonida Sport faoliyati (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga sport turlari bo‘yicha so‘nggi bir yil ichida Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan, shuningdek, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilar, sport natijalariga ko‘ra 14 ta olimpiyaga oid va paralimpiya sport turlaridan saralanadi.

Saralash jarayoni olimpiyaga oid va paralimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan sportchilarning ko‘rsatkichlari, musobaqalarning nufuzi asosida yuqoridan quyi sari seleksiya tamoyili asosida amalga oshiriladi.

Sport akademiyasiga tavsiya etilayotgan nomzodlar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi yig‘ilishlari qarorlari asosida, tegishli sport turi bo‘yicha bosh murabbiy ishtirokida ko‘rib chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzurida tashkil etilgan Respublika komissiyasi qaroriga ko‘ra, ularning hujjatlari Davlat qabul komissiyasiga taqdim etiladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi:
Ariza
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta)
Tugatgan ta’lim muassasasi diplomi yoki attestati
Sport yutuqlarini tasdiqlovchi rasmiy sertifikat, diplom yoki faxriy yorliqlar nusxalari
Sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasi tomonidan berilgan tavsiyanoma

Mazkur hujjatlar to‘plami sport ta’lim muassasasi rahbari yoki sport turi bo‘yicha federatsiya/assotsiatsiya bosh kotibi tavsiyanomasi asosida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga elektron va qog‘oz shaklda (yig‘ma jildda) topshiriladi.

Sport akademiyasining Sport menejmenti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 6 ta Sport faoliyati (faoliyati turlari), Adaptiv jismoniy tarbiya va sport, Sport psixologiyasi, Sport marketingi, Sport menejmenti, Sport huquqi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul jarayoni amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting