locale OZ

O‘zbekiston davlat sport akademiyasida 2025 yil yakunlari sarhisob qilindi

Tadbir davomida yil davomida yuqori natija koʻrsatganlar munosib taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston davlat sport akademiyasida 2025 yil yakunlari sarhisob qilindi
FOTO: Getty Images

O‘zbekiston davlat sport akademiyasida sportchi talabalar tomonidan 2025 yil sentabr va dekabr oylarida erishilgan natijalar sarhisob qilindi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov ochib berdi hamda ishtirokchilarni samimiy tabrikladi.

U o‘z tabrik so‘zida sport sohasini rivojlantirishda yoshlarning o‘rni va akademiya talabalari erishayotgan yutuqlarni alohida e’tirof etdi.

2025 yil sentabr–dekabr oylarida akademiya talabalari xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda jami 224 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Shundan 93 tasi xalqaro musobaqalarda (26 oltin, 43 kumush, 24 bronza), 131 tasi esa O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida (61 oltin, 45 kumush, 25 bronza) qayd etildi.

Tadbir yakunida yil davomida yuqori sport natijalari va namunali faoliyati bilan ajralib turgan talabalar nominatsiyalar bo‘yicha sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” — Nekov Alijon

“Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” — Nigmatova Umida

“Yilning eng namunali erkak talabasi” — Sufiyanov Daler

“Yilning eng namunali ayol talabasi” — Bikbulatova Zulfiya

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting