locale OZ

O‘zbekiston Davlat sport akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan, sport sohasida yuqori malakali mutaxassislar, yangi avlod sportchi va murabbiylarini tayyorlash, shu orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi yutuqlarini yanada mustahkamlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon standartlari asosida tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Davlat sport akademiyasi tashkil etildi.

Akademiya 2025/2026 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilishni boshlaydi va davlat oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega bo‘ladi. Talabalarni qabul qilish respublikadagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi kabi davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladi. Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorlov markazlari bitiruvchilari akademiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumotlar O‘zbekiston Davlat sport akademiyasining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting