locale OZ

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi

Musobaqa yakunida eng kuchli merganlar aniqlandi hamda terma jamoa uchun munosib nomzodlar saralab olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi
photo: kamondan otish

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridan 260 nafardan ortiq sportchilar 18 metr masofadan miks va jamoaviy dasturlar bo‘yicha bahslarda ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi.

Musobaqa yakunida eng kuchli merganlar aniqlandi hamda terma jamoa uchun munosib nomzodlar saralab olindi.

Chempionatning yopilish marosimida Toshkent viloyati sport boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Chirchiq shahar hokimligi rahbariyati hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Rustam Bobokulov so‘zga chiqib, mamlakatimizda kamondan otish sport turini rivojlantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va bunday nufuzli musobaqalarni muntazam o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting