locale OZ

O‘zbekiston chovken terma jamoasi Sheki shaxrida xalqaro musobaqada guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi

Mazkur o‘yinda Firdavs Asralov het-trik (3 ta gol), Asqad Botiraliyev esa 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston chovken terma jamoasi Sheki shaxrida xalqaro musobaqada guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunladi
PHOTO: Google

2025-yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Chovken terma jamoasi Ozarbayjonning Sheki shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Chovken musobaqasida ishtirok etish uchun yetib bordi. 27-sentabr kuni musobaqaning rasmiy qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan o‘rin olib, Qozog‘iston va Turkiya terma jamoalari bilan bir guruhga tushdi.
Guruh bosqichidagi bellashuvlar:
28-sentabr kuni jamoamiz guruhdagi ilk o‘yinini Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Juda murosasiz va shiddatli o‘tgan uchrashuvda Berdiyor Aydarov tomonidan urilgan yagona gol jamoamizga muhim g‘alabani taqdim etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
30-sentabr kuni guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida O‘zbekiston chovkenchilar Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Yigitlarimiz yuksak mahorat va jamoaviy o‘yin ko‘rsatib, 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishishdi. Mazkur o‘yinda Firdavs Asralov het-trik (3 ta gol), Asqad Botiraliyev esa 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Natijada O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlab, yarim final bosqichiga yo‘l oldi. Katta ehtimol bilan, yarim finalda jamoamiz Bahrayn yoki qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoamizga musobaqaning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting