O‘zbekiston chempionatida rekordlar seriyasi
-85 kg vazn toifasining dast ko‘tarish bahslarida yuqori darajadagi natijalar qayd etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Mamlakat birinchiligi qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda. Yakuniga yetgan -85 kg vazn toifasining dast ko‘tarish bahslarida yuqori darajadagi natijalar qayd etildi.
Dastlab, Boburmirzo Yoqubov 153 kg vazndagi shtangani muvaffaqiyatli ko‘tarib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston rekordini yangiladi. Oradan ko‘p o‘tmay esa Samarqand viloyati vakili Xikmatillo Xaydarov 154 kg natija bilan ushbu rekordni yangilab, yangi marrani belgiladi.
Keskin va murosasiz kechayotgan bellashuvlar davomida sportchilar o‘z imkoniyatlarining eng yuqori cho‘qqisini namoyon etib, tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni tuhfa etmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor