locale OZ

O‘zbekiston chempionati: Ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishidagi musobaqa yakunlandi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston chempionati: Ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishidagi musobaqa yakunlandi!
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 3–6 aprel kunlari Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi “Universal Horses Stable” ot sporti majmuasida o‘tgan O‘zbekiston chempionati musobaqasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqada Namangan, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan jamoalar ishtirok etishdi, va raqobat juda qizg‘in o‘tdi. Har bir sportchi o‘zining eng yaxshi mahoratini namoyish etdi va musobaqa tomoshabinlar uchun unutilmas voqeaga aylandi.

Chempionatning yakuniy natijalari quyidagicha:

1-kun
“A” toifa natijalari: 130 sm
1. o'rin: Alimdjanov Xurshid – Chempions Liga
2. o'rin: Sobirjonov Oqil – Parij
3. o'rin: Kurbanov Bekzod – Quintus HB

“D” toifa natijalari: 120 sm
1. o'rin: Erkinov Alisher – Etos
2. o'rin: Shokirov Dilshod – Alonso43
3. o'rin: Alimdjanov Xurshid – Shape of My Heart

“B” toifa natijalari: 115-120 sm
1. o'rin: Alimdjanov Xurshid – Kaskat
2. o'rin: Negmatov Ashrafxon – Sweet and Sour
3. o'rin: Rozmuxamedov Bekzod – Navruz

2-kun
“A” toifa natijalari: 140 sm
1. o'rin: Alimdjanov Xurshid – Chempions Liga
2. o'rin: Kurbanov Bekzod – Mats V.G
3. o'rin: Sobirjonov Oqil – Parij

“D” toifa natijalari: 130 sm
1. o'rin: Kurbanov Bekzod – Sentos Hippica
2. o'rin: Negmatov Ashrafxon – Casamira
3. o'rin: Shokirov Dilshod – Alonso 43

“B” toifa natijalari: 120-125
1. o'rin: Tuyakbayev Nurjan – Safir
2. o'rin: Musayev Mirzoxid – Paur Deym
3. o'rin: Rozmuxamedov Bekzod – Navruz

3-kun

“A” toifa natijalari: 150 sm
1. o'rin: Kurbonov Bekzod – Mats V.G
2. o'rin: Kurbanov Bekzod – Quintus H
3. o'rin: Sobirjonov Oqil – Parij

“D” toifa natijalari: 140 sm

1. o'rin: Gaziyev Baxromjon – La Blue Rouge
2. o'rin: Gaziyev Baxromjon – Ledy
3. o'rin: Kurbanov Bekzod – Sentos Hippica

“B” toifa natijalari: 125-130 sm
1. o'rin: Negmatov Ashrafxon – Sweet And Sour
2. o'rin: Usmanov Ulug'bek – Karina
3. o'rin: Rozmuxamedov Bekzod – Navruz

Alohida ta’kidlash joizki, Alimdjanov Xurshid bir nechta toifada yuqori natijalarga erishib, musobaqaning ilk kunidayoq o‘zining yuqori mahoratini namoyon etdi.

Chempionat ko‘plab qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy bo‘lib, har bir ishtirokchi o‘zining eng yaxshisini ko‘rsatishga intildi. Taqdirlash marosimida Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Piergabriele Papadia de Bottini ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi sport aloqalarini yanada rivojlantirish va yangi yutuqlarga erishish borasida o‘zining tabriklarini bildirdi. Elchi sportchilarga muvaffaqiyatlar tilab, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ishonch bildirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting