O‘zbekiston chavandozlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan CDI1 xalqaro musobaqasida g‘alaba qozondi
16 may kuni Qirg'izistonda bo'lib o'tgan CDI1* xalqaro musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari katta yutuqlarga erishdilar. Musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz o'z mahoratlari va ishonchlari bilan yorqin natijalarga erishdilar.
Shvesova Alina "Nocito de Muze" otini minib birinchi o'rinni egallab, musobaqaning g'olibi bo'ldi. Karkaceva Ekaterina "Botzman" otini minib ikkinchi o'rinni, Shvetsova Alina "Zamrenoni" atini minib uchinchi o'rinni oldi. Bu natijalar O'zbekiston sportining xalqaro arenadagi obro'sini yanada yuqoriladi.

Shuningdek, ushbu musobaqa O'zbekistonning sportidagi yuqori saviyadagi tayyorgarlik va muvaffaqiyatlarining yaqqol ko'rsatkichi bo'ldi. Sportchilarimiz nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo va xalqaro maydonda o'zining iqtidori va qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Medallar:
1- o'rin: Shvesova Alina (O'zbekiston) – "Nocito de Muze"
2- o'rin: Karkaceva Ekaterina (Qirg'iziston) – "Botzman"
3- o'rin: Shvetsova Alina (O'zbekiston) – "Zamrenoni"