locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

O‘zbekiston chavandozlari Bishkekdagi xalqaro ot sporti musobaqasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi

Boshqa sport turlari 18 may 2025 da 16:43
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
O‘zbekiston chavandozlari Bishkekdagi xalqaro ot sporti musobaqasida yetakchilikni qo‘lga kiritdi
PHOTO: Telegram

2025-yil 15–18 may kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida nufuzli xalqaro CSI1* darajasidagi ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator davlatlardan tajribali chavandozlar ishtirok etdi. Bellashuvning eng muhim bosqichi — Grand Prix finali 18 may kuni 160 sm balanlikda tashkil etildi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston chavandozlari yuqori natijalar qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi:

Alimjonov Xurshidbek — Champions League oti bilan (🇺🇿)
Kurbanov Bekzod — Quiontus HB oti bilan (🇺🇿)
Kurbanov Begzod — Matts V G oti bilan (🇺🇿)
Mazkur g‘alabalar O‘zbekistonning ot sporti sohasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, sportchilarning muntazam tayyorgarligi va xalqaro musobaqalardagi faolligi natijasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Ot sporti federatsiyasi ushbu yutuqlarni mamlakatimiz sport tarixidagi navbatdagi muhim bosqich sifatida baholaydi hamda kelgusida ham xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrog‘ini yuksak marralarda hilpiratish yo‘lida ishlarini davom ettiradi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting