locale OZ

O‘zbekiston chavandozlari Birlashgan arab amirliklarida o‘tkaziladigan ot sporting to‘siqlardan sakrash xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi

2025-yil 6–9 noyabr kunlari Dubay shahrida to‘siqlardan sakrash (Show Jumping) bo‘yicha turnir bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston chavandozlari Birlashgan arab amirliklarida o‘tkaziladigan ot sporting to‘siqlardan sakrash  xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston chavandozlari Birlashgan arab amirliklarida o‘tkaziladigan ot sporting to‘siqlardan sakrash xalqaro musobaqasida ishtirok etishadi.

Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari CSI2– 6–9 noyabr, 2025-yil.

2025-yil 6–9 noyabr kunlari Dubay shahrida to‘siqlardan sakrash (Show Jumping) bo‘yicha nufuzli xalqaro ot sporti musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada dunyoning yetakchi chavandozlari va eng yaxshi otlari ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada quyidagi sportchilar bilan ishtirok etadi:
Gaziev Bahromjon
Kurbanov Begzod
Abdullayev Abdurahmon
Abdullayev Feruz
Ushbu ishtirok O‘zbekiston ot sportining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, sportchilarimizning tajribasini boyitish va jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallash yo‘lidagi muhim bosqich hisoblanadi.

To‘siqlardan sakrash — ot sportining eng murakkab va tomoshabop turlaridan biri bo‘lib, unda chavandoz va otning o‘zaro uyg‘unligi, aniqligi hamda tezligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston chavandozlari jahon arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish, o‘z mahoratini namoyish etish va yangi yutuqlarga erishish niyatida Dubaydagi ushbu musobaqada qatnashmoqda.

Sana: 6–9 noyabr, 2025-yil
Joy: Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari
Yo‘nalish: To‘siqlardan sakrash (Show Jumping)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting