locale OZ

O‘zbekiston CAVA Erkaklar Millatlar Ligasi mezboni etib tanlandi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston CAVA Erkaklar Millatlar Ligasi mezboni etib tanlandi!
PHOTO: Telegram

Bugun o‘tkazilgan CAVA yig‘ilishida muhim qaror qabul qilindi. Turli mamlakatlardan vakillar ishtirokida o‘tgan onlayn yig‘ilishda quyidagilar muhokama qilindi:

Dastlab turnir Pokistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq siyosiy sabablarga ko‘ra Hindiston va Turkmaniston musobaqada ishtirok etmasligini e’lon qildi. Qirg‘iziston va O‘zbekiston esa hali ishtirokni tasdiqlay olmagan edi.

Eron turnirni sentabr oxiriga qoldirishni taklif qildi, Pokiston bu fikrni qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston esa musobaqani O‘zbekistonga ko‘chirishni taklif qildi va bu taklif Hindiston, Shri Lanka, Qozog’iston, Qirig’iziston hamda Turkmaniston tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ovoz berish natijasiga ko‘ra: O‘zbekiston mezbonlik qilish taklifi ko‘pchilik tomonidan ma’qullandi.

Shuningdek CAVA Prezident Mohamed Latheef bu taklifni qo’llab-quvvatladi hamda voleybol federatsiyasi va sport vazirligiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Shunday qilib, turnir belgilangan sana bo‘yicha o‘tkaziladi va O‘zbekiston rasmiy mezbon sifatida e’lon qilindi!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting