locale OZ

O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida 11 sport turi bo‘yicha ishtirok etadi

Reyn-Rurda bo‘lib o‘tadigan musobaqada talabalar terma jamoasi qatnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Joriy yilning 16–27 iyul kunlari Germaniyaning Reyn-Rur shahrida Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ishtirok etadi.

Sport vaziri o‘rinbosari Shahriyo Mahmudov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda musobaqaga tayyorgarlik, jumladan, sportchilarning jismoniy va ruhiy holati, tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Unda Talabalar sport assotsiatsiyasi, shuningdek, turli federatsiya va assotsiatsiyalar mas’ullari ishtirok etdi.

Universiadada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan sportchilar orqali quyidagi 11 sport turi bo‘yicha qatnashishi rejalashtirilgan:
• Kamondan otish
• Sport gimnastikasi
• Yengil atletika
• Suvga sakrash
• Dzyudo
• Badiiy gimnastika
• Eshkak eshish
• Suzish
• Stol tennisi
• Taekvondo (WT)
• Tennis

Ma’lumot uchun, Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari FISU (Butunjahon universitetlar sporti federatsiyasi) tomonidan har ikki yilda o‘tkaziladigan yirik xalqaro musobaqa hisoblanadi. O‘zbekiston delegatsiyasining birinchi guruhi 14 iyul kuni Germaniyaga jo‘nab ketishi rejalashtirilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting