locale OZ

O‘zbekiston birinchi marta FIA INTERCONTINENTAL DRIFTING CUP Riga 2025 musobaqasida ishtirok etadi

Sportchimiz o‘zining Toyota GT86 avtomobili bilan startga chiqib, dunyoning eng kuchli pilotlariga qarshi kurashadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston birinchi marta FIA INTERCONTINENTAL DRIFTING CUP Riga 2025 musobaqasida ishtirok etadi
photo: Nafku uzbekistan

O‘zbekiston Milliy Avtomobil va Mototsikl Federatsiyasi (NAFKU) – FIAning rasmiy a’zosi sifatida tarixda ilk bor O‘zbekiston pilotini FIA INTERCONTINENTAL DRIFTING CUP musobaqasida, 2025 yilda Riga shahrida bo‘lib o‘tadigan turnirda namoyish etadi.

O‘zbekiston sharafini Farrux Urunov va Dilshod Yusupov himoya qiladi. Farrux bir nechta marta O‘zbekiston Milliy Drift Chempionatida (Uzbek Drift Championship) o‘z mahoratini namoyish etgan, shuningdek Qozog‘iston Respublikasi turnirlari va chempionatlarida ishtirok etgan. Driftdan tashqari, Farrux avtomobil sportining boshqa yo‘nalishlarida, jumladan drag-reysing va jimxana (gymkhana) bo‘yicha ham o‘z qobiliyatini ko‘rsatgan.

Riga-2025da sportchimiz o‘zining Toyota GT86 avtomobili bilan startga chiqib, dunyoning eng kuchli pilotlariga qarshi kurashadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting