locale OZ

O‘zbekiston badiiy gimnastika terma jamoasi xalqaro musobaqalarda medallarga sazovor bo‘ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston badiiy gimnastika terma jamoasi xalqaro musobaqalarda medallarga sazovor bo‘ldi
Rasm: gymnastics.uz Sofiya Usova

Sofiya shahrida (Bolgariya) «Sofiya kubogi» nomli badiiy gimnastika xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Dasturning alohida turlarida o‘zbekistonlik sportchilar to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritishdi.

Sofiya Usova tasma bilan mashqda oltin medalni qozondi. Viktoriya Nikiforova halqa va cho‘qmor bilan mashqlarda ikki marta kumush medalga erishdi. Leysan Kuzmenko esa to‘p bilan mashqda kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Jamoaviy birinchilikda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari turnir doirasida bir kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Kristina Shin, Alana Xafizova, Milana Safina, Safiya Po‘latova, Jasmin Yaxlakova va Yesina Jo‘rayeva ko‘pkurashda bronza, cho‘qmor bilan mashqda kumush medalni qozonishdi. Shuningdek, Sofiya Usova, Leysan Kuzmenko va Viktoriya Nikiforova jamoaviy ko‘pkurashda bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting