O‘zbekiston ayollar velosport jamoasi Rossiyadagi musobaqada ishtirok etmoqda
Shosse velosport bo‘yicha jamoamiz «Rossiya ochiq chempionati»da jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘radi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
23–27-iyul kunlari Rossiyaning Murom shahrida shosse velosport bo‘yicha ko‘p kunlik «Ochiq Rossiya chempionati» musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bugun rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, unda jamoamiz a’zolari ham qatnashishdi.
O‘zbekiston termasi Laysan Xazieva va Ruslan Usenov rahbarligida musobaqada faol ishtirok etmoqda. Jamoa tarkibida quyidagi sportchilar bor:
• Yanina Kuskova
• Anna Kuskova
• Evgeniya Galotina
• Asal Rizaeva
• Viktoriya Polzunova
• Madina Davronova
• Madina Qahhorova
Bu musobaqa sentabr oyida Ruandada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning muhim qismi sanaladi.
Bakradze Iman
Redaktor