locale OZ

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “Aichi–Nagoya 2026” XX Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi

shonamizki, qizlarimiz “Aichi–Nagoya 2026” XX Osiyo o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilib, xalqimizni xursand etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi “Aichi–Nagoya 2026” XX Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni boshlab yubordi
photo: Voleybol Uzbekistan

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan 2026-yilda Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ayollar terma jamoamiz uchun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etildi. Nufuzli qit’a musobaqasi oldidan jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan bosqichma-bosqich tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, texnik va taktik harakatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Osiyo o‘yinlari — qit’aning eng yirik va mas’uliyatli sport anjumani bo‘lib, unda ishtirok etish har bir sportchi uchun ulkan mas’uliyatdir. Terma jamoamiz mazkur musobaqada munosib ishtirok etish hamda yurtimiz sha’nini himoya qilishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan sportchilarimiz uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, tayyorgarlik jarayoni doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Ishonamizki, qizlarimiz “Aichi–Nagoya 2026” XX Osiyo o‘yinlarida yurtimiz bayrog‘ini munosib himoya qilib, xalqimizni xursand etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting