locale OZ

O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi Asian Rugby Sevens Trophy — Oman Sevens musobaqasiga tayyorgarlikni boshladi

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Oman Sevens g‘olibi Asian Rugby’ning oliy divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi Asian Rugby Sevens Trophy — Oman Sevens musobaqasiga tayyorgarlikni boshladi
photo: regbi Uzbekistan

8–23 oktabr kunlari Toshkent viloyatidagi RUTB “Yangiabad” sport bazasida O‘zbekiston ayollar regbi-7 milliy terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tmoqda. Tayyorlov jarayoni 24–27 oktabr kunlari Ummon poytaxti Maskat shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro Asian Rugby Sevens Trophy — Oman Sevens musobaqasida ishtirok etish doirasida olib borilmoqda.

Terma jamoa tarkibiga quyidagi sportchilar kiritilgan:

Gulshanbonu Mansurova
Oyshajon Urazmetova
Khonzoda Obidjonova
Nurjamal Naurizbaeva
Aynura Abzieva
Nafosat Odilova
Sholpan Allamberganova
Gulruх Ruzmatova
Nargiza Jumabaeva
Feruza Yangiboeva
Sevinchxon Muydinjonova
Hulkar Ollomberganova

Murabbiy: Pavel Ivanov

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, Oman Sevens g‘olibi Asian Rugby’ning oliy divizioniga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi, bu esa terma jamoamizning ishtirokini yanada muhim qiladi.

Tayyorlov jarayonida jamoa jismoniy bardoshlilik, taktik sxemalar va o‘yin bog‘lanishlari ustida ishlamoqda. Murabbiylar shtabi intizom, tezlik va jamoaviy o‘yin uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting