locale OZ

O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi — Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025 chempioni

O‘zbekiston terma jamoasi besh o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozonib chempion bo'ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi — Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025 chempioni
photo: regbi Uzbekistan

2025-yil 25–26-oktabr kunlari Oman davlatining Maskat shahrida ayollar terma jamoalari o‘rtasida Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnirda to‘rtta jamoa — O‘zbekiston, Eron, Janubiy Koreya va Livan — ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar regbi-7 terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, Osiyo Regbi Trophy chempioni bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yin natijalari

1-o‘yin (25-oktabr)
O‘zbekiston – Livan: 39–0
Urinishlar:
Xonzoda Obidjonova — 2,
Gulrux Ruzmatova — 1 (realizatsiya — 1),
Feruza Yangiboyeva — 1,
Nargiza Jumabayeva — 1,
Oyshadjon Urazmetova — 1,
Sevinchxon Muydinjonova — 1.
Realizatsiya: Aynura Abziyeva — 1.

2-o‘yin (25-oktabr)
O‘zbekiston – Eron: 5–12
Urinish: Aynura Abziyeva — 1.

3-o‘yin (26-oktabr)
O‘zbekiston – Iordaniya: 46–0
Urinishlar:
Nafosat Odilova — 3,
Aynura Abziyeva — 1 (realizatsiyalar — 3),
Gulshanbonu Obidjonova — 1,
Xonzoda Obidjonova — 1,
Nurdjamal Naurizbayeva — 1,
Sevinchxon Muydinjonova — 1.

Yarim final (26-oktabr)
O‘zbekiston – Janubiy Koreya: 38–0
Urinishlar:
Aynura Abziyeva — 2 (realizatsiya — 1),
Feruza Yangiboyeva — 1,
Xonzoda Obidjonova — 1,
Nargiza Jumabayeva — 1,
Sholpan Alambergenova — 1.
Realizatsiyalar: Oyshadjon Urazmetova — 2, Sevinchxon Muydinjonova — 1.

Final (26-oktabr)
O‘zbekiston – Eron: 17–7

Yakuniy natija

O‘zbekiston terma jamoasi besh o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozonib, yuqori darajadagi tayyorgarlik, intizom va jamoaviy birdamlikni namoyish etdi.
Asia Rugby Emirates Sevens Trophy 2025 turniridagi g‘alaba — O‘zbekiston ayollar regbisining tarixidagi muhim yutuq bo‘lib, milliy jamoaning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting