O‘zbekiston “Asia Auto Gymkhana Championship 2025” musobaqasining ilk bosqichida shohsupaga ko‘tarildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Asia Auto Gymkhana Championship 2025” Osiyo chempionatining birinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda O‘zbekiston autosport va karting milliy federatsiyasi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralash bosqichidan asosiy favoritlar qatorida o‘rin oldi.
Yurtimiz vakili Dilshod Yusupov saralash bosqichida eng yaxshi natijalardan birini qayd etib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Juftliklar bellashuvida Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjonov mukammal hamjihatlik va yuqori tezlik namoyon etib, erkaklar juftliklar bahsida kumush medalga sazovor bo‘lishdi.
Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Bakradze Iman
Redaktor