locale OZ

O‘zbekiston 2027 yilda Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekiston 2027 yilda Los-Anjeles–2028 Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqaga mezbonlik qiladi
FOTO: Olympic.uz

Xalqaro Og‘ir Atletika Federatsiyasi (IWF) ijroiya qo‘mitasining yakuniy qaroriga muvofiq ushbu yuksak mas’uliyat va ishonch O‘zbekistonga topshirildi.

Ijroiya qo‘mita a’zolari tomonidan mamlakatimiz nomzodi bir ovozdan ma’qullandi. Bu qaror O‘zbekistonning xalqaro sport maydonidagi obro‘-e’tibori, yuqori tashkiliy salohiyati hamda og‘ir atletika yo‘nalishida erishilgan yutuqlarining yaqqol e’tirofidir.

Ma’lumot uchun, mazkur nufuzli saralash musobaqalari poytaxtimiz Toshkent shahrida, zamonaviy infratuzilmaga ega va barcha xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, saralash musobaqalariga mezbonlik qilish huquqini O‘zbekistondan tashqari Qatar, Peru, Venesuela hamda Tailand mamlakatlari ham qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, Los-Anjeles–2028 Olimpiya o‘yinlariga qadar litsenziya beruvchi saralash musobaqalari bor-yo‘g‘i besh marotaba o‘tkaziladi. Shulardan biriga mezbonlik qilish huquqining O‘zbekistonga ishonib topshirilgani mamlakatimiz sporti tarixidagi muhim va tarixiy voqea hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting