locale OZ

Oʻzbek velosport \"malikalari\" dunyo nigohidagi turnirlarda munosib qatnashmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbek velosport "malikalari" dunyo nigohidagi turnirlarda munosib qatnashmoqda
PHOTO: Telegram

Ayni kunlarda dunyoning bir qator mamlakatlarida sportning velosport turi boʻyicha nufuzli musobaqalar boʻlib oʻtyapti. Ahamiyatli jihati - bizning velosportchilarimiz ham ( ayol - qizlarimiz) oʻsha turnirlarda ishtirok etayotganligidir.

Oʻzbekiston velosport olamida tarih yaratmoqlikka kirishayotgan Yanina Kuskova ham Belgiya shahrida qaynoq haroratda oʻtkazilayotgan "LA FLÉCHE WALLONNE FÉMININE" musobaqasida Ispaniyaning "Laboral kutxa team" jamoasi nomidan ishtirok etgan holda (Legioner) Oʻzbekistonga ham muhim ochkolarni ulashishda davom etmoqda.

Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻtkazilayotgan nufuzli "Tour of the Gila 2025" turnirida yana bir legioner vakilamiz - Nafosat Kozieva "PATO BIKE BMC TEAM" jamoasi nomidan qatnashib, musobaqa sarhisoblariga koʻra, turnir jadvalida kuchli 20 talikka kira oldi. (41 : 41, 91) Ushbu sportchimiz ham oʻz natijasi bilan yurtimizga muhim boʻlgan ochkolarni tuhfa etib, kuchlilar orasidan 12 - oʻrinni band qila oldi.

Ma'lumot sifatida qayd etish kerakki, ushbu turnir koʻp kunlik xalqaro poyga hisoblanadi va bu - Amerikadagi eng mashhur poygalardan biri boʻlib, 40 yildan ortiq vaqtdan buyon koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilmoqda. Bu turnirda jahon chempionlari, olimpiada oʻyinlarining chempionlari gʻolib chiqishgan. Kechadan birinchi bosqichga 26,5 km masofaga start berildi.

Ajablanarli tomonlardan biri - bosqichlar togʻ choʻqqilarida, 1850 metr, 2500 metr balandlikda boʻlib oʻtadi. Bu turnirning bosqichlari eng qiyin sharoitda boʻlishi koʻpchilikka ayon. Ammo shunga qaramasdan Oʻzbekiston sportchilarining ushbu musobaqadagi koʻrsatkichlari yildan - yilga yaxshilanib borilmoqda.

Turnirda ishtirok etayotgan sportchilarimizga, jumladan, Nafosat Kozievaga ham kelgusidagi harakatlariga omad tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting