locale OZ

O'zbek taekvondochilari xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbek taekvondochilari xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda
O'zbek taekvondochilari xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etmoqda

Toshkentdagi “Universal” sport saroyi bazasida O‘zbekiston, Xitoy va Braziliya taekvondo (WT) terma jamoalarining ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi. Yig‘inda olimpiya medallari sohiblari hamda istiqbolli yosh sportchilar birga mashg‘ulot olib bormoqda. Unda O‘zbekiston termasidan 35, Xitoydan 19 va Braziliyadan 9 nafar sportchi qatnashmoqda.

Qatnashchilar orasida 2024 yil Parij Olimpiadasi kumush medali sohibasi Svetlana Osipova (O‘zbekiston) va bronza medali egasi Edival Marques (Braziliya), shuningdek, jahon va qit'a chempionlari ham bor.

Xalqaro yig‘in 16 maygacha davom etadi. Braziliya jamoasi Toshkentda 11 maygacha, Xitoy termasi esa 13 maygacha qoladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting