locale OZ

O'zbek sportchilari to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqa ishtirok etishadi

10–14-iyun kunlari Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbek sportchilari to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqa ishtirok etishadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O’zbek chavandozlari 10-14-iyun kunlari Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqa ishtirok etishadi.

10–14-iyun kunlari Polshaning Sopot shahrida ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi bo’yicha CSI1* va CSIO4* xalqaro musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli chavandozlar so’vrinli o‘rinlar hamda Xalqaro ot sporti federatsiyasi (FEI) reyting ochkolari uchun bahs olib boradilar.

Musobaqalar CSI1* va CSIO4* xalqaro toifalarida o‘tkazilib, sportchilar hamda otlar turli murakkablikdagi yo’nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etadilar.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qiladi.

Sportchilarimizga omad, muvaffaqiyatli chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting