O'zbek shaxmatchisi Javohir Sindorov — “Titled Tuesday” turniri g'olibi!
Har seshanba kuni o'tkaziladigan nufuzli onlayn turnir — “Titled Tuesday”da dunyo bo'ylab mashhur grossmeysterlar qatnashadi. O'zbek shaxmatchilari muntazam ravishda ushbu musobaqada faol ishtirok etib, munosib natijalar qayd etib kelishmoqda. Navbatdagi g'alabani esa yosh grossmeysterimiz Javohir Sindorov qo'lga kiritdi.
Sindorov 11 turdan 9,5 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha birinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, Hans Niman ham 9,5 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni oldi. Meksikalik Xose Martinez 9 ochko bilan uchinchi bo'ldi. Qizig'i shundaki, Javohir Niman bilan to'g'ridan-to'g'ri uchrashuvda g'alaba qozondi.
Uning g'alabaga olib borgan yo'lida Sem Shankland, Parham Maqsudlu, Aleksandr Bortnik va Hans Niman kabi kuchli raqiblar bor edi. Turnirdagi muvaffaqiyat Javohirga 1000 AQSH dollari miqdoridagi bosh sovrinni taqdim etdi.
Musobaqada sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen 8,5 ochko bilan 7-o'rinni egalladi. Hindistonlik Arjun Ergaisi esa 8 ochko to'plab, 12-o'rinda qoldi.