locale OZ

O'zbek sambochilari Osiyo va Okeaniya chempionatida jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egallashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbek sambochilari Osiyo va Okeaniya chempionatida jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egallashdi
O'zbek sambochilari Osiyo va Okeaniya chempionatida jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egallashdi

14–20 aprel kunlari Toshkent shahrida sambo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionati bo'lib o'tdi. Turli yosh toifalaridagi musobaqalarda qit'amizning 25 ga yaqin davlati vakillari bo'lgan 600 dan ortiq sambochi medallar uchun kurash olib bordi.

Musobaqa yoshlar, o'smirlar, kattalar, yoshlar o'rtasida, sport ustalari (veteranlar), ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati sust sportchilar o'rtasida o'tkazildi. Chempionat yakunlariga ko'ra, o'zbek sambochilari jami 69 ta oltin, 29 ta kumush va 45 ta bronza medalini qo'lga kiritib, jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egallashdi.

O'zbekiston sambo assotsiatsiyasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz, ularning murabbiylari va yaqinlarini chin qalbdan tabriklaydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting