locale OZ

O‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

1000 nafardan ortiq sportchilar O‘zbek jang sana’tining "Bellashuv" yo‘nalishi bo‘yicha kuch sinashishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz —O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sport turi bo‘yicha dastlabki mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlardan 1000 nafardan ortiq sportchilar O‘zbek jang sana’tining "Bellashuv" yo‘nalishi bo‘yicha kuch sinashishdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Sherzod Mirzanov va boshqalar ishtirok etib, sportchilarga omad tilashdi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Andijon va Buxoro viloyati jamoalari egalladi. Uchinchi o‘rin Sirdaryo hamda Jizzax viloyati sportchilariga nasib etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting