O'zbek gimnastlari Misrdagi Jahon kubogi bosqichida ikki bronza medalni qo'lga kiritdi
Qohira shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ikki bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu muvaffaqiyatlarga erkaklar jamoasi vakillari erishdi.
Abdulaziz Mirvaliev tayanch sakrashi yo'nalishda 14,116 ball natija qayd etib, uchinchi o'rinni egalladi. Olimpiadaning ikki karra sovrindori Rasuljon Abdurahimov esa parallel bruslarda 13,866 ball bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi. U baland turnikdagi chiqishda sakkizinchi o'rinni egalladi.
Ayollar o'rtasida Dildora Aripova erkin harakatlar bo'yicha to'rtinchi o'rinni egallab, medalga yaqin bo'ldi.
28 aprel kunidagi finallarda ham bir qator o'zbek gimnastlari ishtirok etdi: Oksana Chusovitina (6-o'rin), Dildora Aripova (8-o'rin) va Ravshan Kamiljanov (7-o'rin).